Berlindagi O'zbeklar Jamiyati

Nihol e.V. Berlinda yashayotgan, tahsil olayotgan va mehnat qilayotgan o'zbeklarni madaniyat, ta'lim, ilm-fan, sport va o'zaro ko'mak orqali birlashtiradi. Bu yerda tanishamiz, tajriba almashamiz va birgalikda tashabbuslar yaratamiz.

Nihol haqida ko'proq
✓ Notijorat tashkilot
✓ Siyosiy faoliyatdan xoli
✓ Diniy faoliyatdan xoli
✓ Ko'ngillilar tomonidan boshqariladi
Telegram guruhiga qo'shilingInstagram @nihol.evniholev@gmail.com

Loyihalarimiz

MAVJUD

Bolalar uchun o'zbek tili suhbat klubi

Bolalar o'zbek tilida erkin suhbatlashishi, o'yinlar o'ynashi, yangi do'stlar orttirishi va o'zbek tilini yaxshilashi uchun samimiy muhit.

Qiziqsangiz, biz bilan bog'laning: niholev@gmail.com

TEZ ORADA

Bolalar uchun IT & AI Club

Nihol e.V. × GPTify.co Team

IT, sun'iy intellekt, dasturlash, ijodkorlik va mantiqiy fikrlash bo'yicha bolalar uchun zamonaviy mashg'ulotlar.

Qiziqsangiz, biz bilan bog'laning: niholev@gmail.com

Sport

Futbol

Har yakshanba · ~08:00

Poststadion, Lehrter Straße 59, 10557 Berlin

Yoshlar va 35+

Indoor voleybol

Har payshanba · 20:00 dan boshlab

Hamjamiyatimizning muntazam indoor voleybol uchrashuvi.

Stol tennisi

Yillik musobaqa

Hamjamiyat uchun stol tennisi turniri.

Shaxmat

Yillik musobaqa

Turli yoshdagi ishtirokchilar uchun turnir.

Zakovat

Yillik musobaqa

Bilim, mantiq va jamoaviy fikrlash turniri.

Tadbirlarimiz

Navro'z

Navro'zni hamjamiyatimiz bilan birgalikda milliy-madaniy tadbirlar orqali nishonlaymiz.

O'zbekiston Mustaqillik kuni

Mustaqillik kuni munosabati bilan hamjamiyatimizni birlashtiradigan madaniy tadbirlar tashkil qilamiz.

Ramazon hayiti

Ramazon hayiti munosabati bilan hamjamiyat a'zolari uchun samimiy oilaviy va madaniy uchrashuvlar o'tkazamiz.

Foydali qo'llanmalar

Berlindagi kundalik hayot, hujjatlar, oila, ta'lim va ish bo'yicha amaliy ma'lumotlar. Qo'llanmani bosing — batafsil o'zbekcha tushuntirish ochiladi va oxirida rasmiy manba beriladi.

🏠 Berlinda uy-joy topishBatafsil →
📍 AnmeldungBatafsil →
🧸 Kita topishBatafsil →
🏫 Maktab topishBatafsil →
👨‍👩‍👧 Oilani birlashtirishBatafsil →
🎓 AusbildungBatafsil →
🤝 Au-pairBatafsil →
💼 Ish topishBatafsil →
📄 Viza va yashash ruxsatiBatafsil →
🧭 Yangi kelganlar uchunBatafsil →

Biz haqimizda

Nihol 2012-yilda Berlindagi o'zbek talabalari va xorijda yashayotgan o'zbeklar tomonidan hamjamiyat sifatida shakllantirilgan. Faoliyatimiz saylangan Rais boshchiligidagi ishchi qo'mita va hamjamiyat a'zolarining ko'ngilli ishtiroki bilan olib boriladi. Tadbirlarimiz a'zolar ko'magida tashkil etiladi.

A'zo bo'lish

A'zolik bepul — a'zolik badali yo'q. Hamjamiyatimizning bir qismi bo'ling.

Bog'lanish

✉️ niholev@gmail.com

Telegram guruhimiz

Instagram: @nihol.ev